date

NASA 2035-yilga qadar Oyda insonlar qishlog‘ini qurmoqchi

NASA 2035-yilga qadar Oyda insonlar qishlog‘ini qurmoqchi

AQSHning kosmik tadqiqot agentligi — NASA yaqin o‘n yilliklar ichida insoniyat uchun yangi tarixiy bosqichni amalga oshirish niyatida. Agentlik 2035-yilgacha Oy yuzasida odamlar uzluksiz yashay oladigan qishloq qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda agentlik rahbari vazifasini bajarayotgan Shon Daffi Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan Xalqaro astronavtika kongressida ma’lum qildi.

Daffining ta’kidlashicha, bu loyiha faqat ilmiy missiya bilan cheklanmaydi. Oyda nafaqat tadqiqot markazi, balki barqaror yashashga mo‘ljallangan zamonaviy infratuzilma ham tashkil etiladi. Yangi qishloq yadro energiyasi bilan ta’minlanishi, muntazam ravishda astronavtlar joylashishi va eng muhimi, qurilishda Oy yuzasidan olingan mahalliy materiallardan keng foydalanilishi ko‘zda tutilmoqda.

NASAning rejasiga ko‘ra, 2026-yil fevralda «Artemida II» dasturi doirasida 50-yil ichida ilk bor to‘rt nafar astronavt Oyga yo‘l oladi. Bu parvozda qo‘nish amalga oshirilmasa-da, asosiy vazifa keyingi qadamlar uchun tayyorgarlikni ta’minlash va Oyda uzoq muddatli yashash imkoniyatlarini o‘rganish hisoblanadi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Oyda doimiy qishloq qurilishi Marsga qadam tashlashda muhim poydevor vazifasini bajaradi. Chunki Oyda yaratiladigan infratuzilma insoniyatning kosmosda uzoq muddat yashash qobiliyatini sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.

NASA vakillari bu g‘oyani orzu emas, balki amalga oshiriladigan aniq reja sifatida baholamoqda. Chunki bu tashabbus inson sivilizatsiyasini yer orbitasidan tashqarida ham rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA 2035-yilga qadar Oyda insonlar qishlog‘ini qurmoqchi