date

Niderlandiya malikasi Amaliya harbiy xizmatni boshladi (foto)

Niderlandiya malikasi Amaliya harbiy xizmatni boshladi (foto)

Niderlandiya qirollik oilasining 21 yoshli vakili — malika Amaliya zahiradagi askar sifatida harbiy xizmat yo‘lini boshladi. Bu haqda NOS nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amaliya Qurolli kuchlarda talabalar va izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan masofaviy dastur orqali tayyorgarlikka kirishgan. U Qirollik dengiz floti tarkibida uchinchi darajali dengizchi, shuningdek, armiya va havo kuchlarida uchinchi darajali askar sifatida ro‘yxatga olingan. Bu qurolli kuchlardagi eng past lavozim hisoblanadi.

Malika Amaliya tarixda birinchi bor qirollik oilasidan harbiy xizmatni tanlagan ayol sifatida qayd etilmoqda. Shu bilan birga, u taxt merosida birinchi navbatda turibdi. Ayni paytda taxt uning otasi — qirol Villem-Aleksandr qo‘lida.

Ma’lum qilinishicha, Niderlandiyada harbiy tayyorgarlik uch yil davom etadi. Bu jarayonda asosiy mashg‘ulotlar, nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish nazarda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiya malikasi Amaliya harbiy xizmatni boshladi (foto)