Ayol professional quchoqlash orqali yiliga 100 ming dollargacha daromad topadi

Ayol professional quchoqlash orqali yiliga 100 ming dollargacha daromad topadi

AQSHning Nyu-York shahrida yashovchi Ella Lav o‘qituvchilikdan voz kechib, professional quchoqlash xizmatini yo‘lga qo‘ygan. U ushbu faoliyat orqali yaxshi yillarda 100 ming dollargacha daromad topishini aytgan. Bu haqda Aol xabar berdi.

51 yoshli Ella Lav Nyu-Yorkdagi davlat maktablarida 13 yil davomida san’at fanidan dars bergan. 2017 yilda professional quchoqlash haqida bilib, maxsus onlayn kursni tamomlagan va bu ishni dastlab qo‘shimcha faoliyat sifatida boshlagan. Oradan olti oy o‘tib esa o‘qituvchilikni tark etib, ushbu sohaga to‘liq kirib kelgan.

Hozirda u bir soatlik quchoqlash seansi uchun 150 dollar oladi. Uning aytishicha, odatda kuniga uch soatga yaqin ishlaydi. Yillik daromadi o‘rtacha 60 ming dollarni tashkil etsa, yaxshi yillarda bu ko‘rsatkich 100 ming dollargacha yetadi.

Bir-birini quchoqlab, ko‘zlarini yumib yotgan ayol va erkak.

Lav xizmatlari romantik yoki jinsiy munosabatga asoslanmasligini, mijozlar bilan oldindan suhbat o‘tkazib, aniq qoidalar va shaxsiy chegaralarni belgilashini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim mijozlar shunchaki jismoniy yaqinlik va suhbatga ehtiyoj sezgani uchun bunday xizmatdan foydalanadi.

Uning ta’kidlashicha, bunday seanslar ayrim insonlarga xavfsiz va o‘zaro rozilikka asoslangan jismoniy yaqinlikni his qilish imkonini beradi. Lav mijozlar bilan ishlashda professional chegaralarga qat’iy rioya qilishini bildirgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar