Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaro natijasi allaqachon ma’lum — Rossiya g‘olib kelgan. U bu fikrni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan muloqoti chog‘ida bildirgan.
“Amerika prezidenti bu haqda fikrimni so‘radi. Men esa javoban aytdim: urushning natijasi aniq, Rossiya g‘olib chiqdi. Masalaga nuqta qo‘yildi”, — degan Orban. “Index” nashri uning so‘zlariga tayangan.
Shu bilan birga, Vengriya bosh vaziri urushning qanday yo‘l bilan tugashi hozircha noaniqligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon faqat AQSHning qo‘llovi bilanmi yoki Yevropa ham muzokaralarda ishtirok etgan holda amalga oshadimi — buni vaqt ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar