Filippinning Sebu viloyatida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 72 nafarga yetdi. Ilgari 69 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingan edi. Shuningdek, 294 nafar inson turli darajada tan jarohati olgani aytilmoqda.
GMA News tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish milliy kengashi zilziladan 170 mingdan ortiq kishi jabr ko‘rganini qayd etdi. Shu jumladan, taxminan 20 ming kishi uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli silkinishlar ayrim binolarning vayron bo‘lishiga olib kelgan.
Ma’lumot uchun, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 21:59 da 6,9 magnitudali zilzila qayd etilgan. Keyinchalik kuchlari 1 dan 5 gacha bo‘lgan 2300 dan ziyod yer silkinishlari sodir bo‘lgani aniqlandi. Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti ma’lumotida aytilganidek, zilzila Bogo shahridan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda, yer ostida 5 kilometr chuqurlikda yuz bergan.
Sebu viloyatida favqulodda holat e’lon qilindi. Eng ko‘p qurbonlar viloyatning shimolida joylashgan 90 ming aholiga ega Bogo shahri hamda San-Remijio va Medellin munitsipalitetlarida qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar