Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 93,1 foizga yetgan.
Shu davrda erkaklar orasida internetdan foydalanish ko‘rsatkichi ancha yuqori bo‘lib, 95,3 foizni tashkil etgan. Bu ma’lumotlar internet foydalanuvchilar orasidagi gender taqsimotini aniq ko‘rsatib bermoqda.
Yillar kesimida internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi quyidagicha o‘zgargan:
2021-yil — 72,6 foiz;
2022-yil — 81 foiz;
2023-yil — 87,3 foiz;
2024-yil — 92,4 foiz;
2025-yil (yanvar–avgust) — 93,1 foiz.
Shuningdek, internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi yillar oralig‘ida shunday ko‘rinishga ega:
2021-yil — 80,6 foiz;
2022-yil — 86,9 foiz;
2023-yil — 90,9 foiz;
2024-yil — 94,2 foiz;
2025-yil (yanvar–avgust) — 95,3 foiz.
Bu raqamlar internetdan foydalanishning yildan yilga oshishini va har ikki jinsda ham raqamli texnologiyalarga qiziqishning ortganini ko‘rsatadi. Erkaklar va ayollar orasidagi farq ancha kichik bo‘lsa-da, har ikki jinsda internetdan muntazam foydalanuvchilar soni tobora ko‘paymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!