date

Afg‘onistonda universitet o‘qituvchilariga ish vaqtida smartfonlardan foydalanish taqiqlandi

Afg‘onistonda universitet o‘qituvchilariga ish vaqtida smartfonlardan foydalanish taqiqlandi

Afg‘onistonda hukmron “Tolibon” harakati oliy ta’lim tizimida yangi qoidalarni joriy qildi. Afghanistan International nashrining xabar berishicha, mamlakat Oliy ta’lim vazirligi universitet o‘qituvchilari hamda to‘rtinchi darajadan past lavozimdagi ma’muriy xodimlar ish vaqtida smartfonlardan foydalanishni taqiqladi.

Vazirlik hujjatlarida qayd etilishicha, smartfonlardan foydalanish “ish jarayonini murakkablashtiradi va xodimlarning e’tiborini chalg‘itadi”. Shu bois, professor-o‘qituvchilar va kollejlardagi ma’muriy xodimlar ish vaqtida telefon olib kirish yoki undan foydalanish huquqiga ega emas. Yuqori lavozimdagi xodimlar uchun esa smartfondan foydalanishni bosqichma-bosqich kamaytirish tavsiya etilgan.

“Ilm ahli o‘z xizmat joylarida smartfonlardan foydalanmasligi kerak”, — deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” ilgari ham smartfonlardan voz kechish masalasini muhokama qilgan. Harakat yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda o‘tgan yili diniy ulamolarga “smartfonlardan diniy asosda voz kechish yo‘lini topish” bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

So‘nggi kunlarda Afg‘onistonda internet xizmatlari cheklanishi va ayrim telekanallar faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda. “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri ta’lim, axborot texnologiyalari va shaxsiy erkinlik sohalarida qat’iy cheklovlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda universitet o‘qituvchilariga ish vaqtida smartfonlardan foydalanish taqiqlandi