2025 yil tibbiyot sohasidagi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi, deb Nobelprize.org sayti xabar berdi. Bu yilgi mukofot periferik immun tolerantlik bo‘yicha kashfiyotlari uchun AQSHlik Meri Brunkov va Fred Ramsdell hamda Yaponiyalik Shimon Sakakuchiga topshirildi.
Olimlarning ishlari inson immun tizimi “o‘ziniki”ni “begona”dan qanday farqlashini anglashga yordam berdi. Bu autoimmun kasalliklarning rivojlanishiga qarshi samarali choralar ko‘rishga yo‘l ochdi.
Kashfiyotlar immun tizimining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda yangi imkoniyatlar yaratib, tibbiyot sohasida muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar