Joriy yilning fizika bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi. Bu nufuzli mukofot Buyuk Britaniya va AQSHdan Jon Klark, Fransiya va AQSHdan Mishel Devore hamda AQSHlik Jon Martinisga taqdim etildi. Ular makroskopik dunyoda ham kvant hodisalarini kuzatish imkonini yaratgan ilmiy kashfiyotlari uchun e’tirof etildi.
Sodda qilib aytganda, uzoq yillar davomida kvant mexanikasi faqat elektron yoki foton kabi ulkan kichik zarrachalar uchungina amal qiladi, deb o‘ylanardi. Ammo mazkur olimlar o‘z tajribalari orqali kvant qonunlari qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lgan darajada katta jismlarda ham amal qilishini isbotladilar.
Bu kashfiyot nafaqat ilmiy dunyoda yangi yo‘nalish ochdi, balki zamonaviy kvant texnologiyalarining asosiga aylandi. Hozirgi kunda shu ilmiy ishlanmalar kvant kompyuterlari va yuqori aniqlikdagi o‘lchov tizimlari uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!