
2017 yil 11 yanvaridan Norvegiyada FM diapazonida ishlovchi radiostansiyalar uzatkichlari o‘chiriladi. Tegishli qaror Norvegiya hukumati tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi «Daryot».
Shu tariqa, Norvegiya jahonning FM-radiostansiyalardan voz kechgan birinchi davlati bo‘lishi mumkin. Endilikda mamlakat radiolari raqamli standart asosida ishlaydi.
FM-chastotalar sekin-asta o‘chirib boriladi. Dastlab bu ish Nordland mintaqasida, so‘ng mamlakat janubida amalga oshiriladi. Ayrim mahalliy radiostansiyalar FM-chastotalardan 2020 yilga qadar foydalanishi mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar