AQSH hukumatida keng ko‘lamli ishdan bo‘shatish to‘lqini boshlandi, deb “X” ijtimoiy platformasida Oq uy Budjet boshqarmasi rahbari Rass Vout ma’lum qildi, deb NBC News yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqartirishlar ichki ishlar, milliy xavfsizlik, g‘aznachilik, ta’lim, energetika, shaharsozlik va sog‘liqni saqlash sohalaridagi boshqarmalar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga taalluqli. Ishdan bo‘shatilganlar soni rasman e’lon qilinmadi.
Sog‘liqni saqlash va ichki xavfsizlik departamentlari rahbarlari bu choralarni “byurokratiyaga qarshi kurash” deb atadi. Bu qaror hukumat faoliyatidagi vaqtinchalik tanaffus fonida qabul qilingan bo‘lib, Oq uy bu safar ishchilarni vaqtincha emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishdan bo‘shatishni ma’qul ko‘rdi.
AQSHda davlat xodimlarini ishdan bo‘shatish boshlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar