date

Tehronda «Avliyo Maryam» nomida yangi metro stansiyasi ishga tushadi

Tehronda «Avliyo Maryam» nomida yangi metro stansiyasi ishga tushadi
Yaqin kunlarda Eron poytaxti Tehronda “Avliyo Maryam” nomli yangi metro bekati ishga tushishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” muxbiri xabar tarqatdi.

Yangi stansiya, rasmiy nomi “Maryam-e Mogaddas”, shahar markazidagi Nejotollahi ko‘chasida joylashgan bo‘lib, u yerdagi Avliyo Sarkis Arman Apostol cherkovi yaqinida qurilgan. Ushbu bekat Eron hududida “Bibiy Maryam” nomi bilan tanilgan Iso payg‘ambarning onasi sharafiga bag‘ishlangan.

Eron Islom Respublikasi hukumatining ta’kidlashicha, stansiyaning nomi va ichki dizayni orqali mamlakatdagi nasroniy ozchilikka hurmat ifodalanmoqda. Loyiha muallifi, dizayner Tanya Tarigmehrga ko‘ra, bekat devorlariga Bibiy Maryam hayoti hamda nasroniylik dinidagi muqaddas qarashlar aks ettirilgan 7 ta tematik panel o‘rnatilgan.

Metro kirish qismida esa Qur’oni Karimdagi “Maryam” surasining 6 ta oyati yozilgan bo‘lib, bu ham islom va nasroniylik o‘rtasidagi bag‘rikenglikni ifoda etishi qayd etilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu stansiya ochilishini turli din vakillari o‘rtasidagi madaniy muloqot hamda o‘zaro hurmat ramzi sifatida baholamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bekatda qurilish va bezatish ishlari to‘liq yakunlangan va hozirda rasmiy ochilish marosimiga tayyorgarlik ketmoqda. Yaqin kunlar ichida stansiya yo‘lovchilarni qabul qilishni boshlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tehronda «Avliyo Maryam» nomida yangi metro stansiyasi ishga tushadi