date

BMT Qirg‘izistonga murojaat qildi: “O‘lim jazosiga qaytmang!”

BMT Qirg‘izistonga murojaat qildi: “O‘lim jazosiga qaytmang!”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk Qirg‘iziston hukumatini o‘lim jazosini qayta tiklash rejasidan voz kechishga da’vat etdi.

Tyurkning aytishicha, bu kabi qat’iy choralar jinoyatchilik darajasini kamaytirmaydi, aksincha inson huquqlari tamoyillariga zid keladi. U Qirg‘izistonni xalqaro majburiyatlariga sodiq qolishga, inson hayoti daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha harakatlarni yanada kuchaytirishga chaqirdi.

Oliy komissar ta’kidlashicha, o‘lim jazosi nafaqat huquqiy jihatdan, balki axloqiy va ijtimoiy nuqtai nazardan ham nojoiz chora hisoblanadi. U bu chora mamlakat imijiga va xalqaro maydondagi obro‘siga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini eslatib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda o‘lim jazosi 2007-yilda rasman bekor qilingan edi va hozirda uni qayta joriy etish masalasi parlament darajasida muhokama qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » BMT Qirg‘izistonga murojaat qildi: “O‘lim jazosiga qaytmang!”