date

Luvrdagi o‘g‘irlik Fransiyaga qanchaga tushdi?

Luvrdagi o‘g‘irlik Fransiyaga qanchaga tushdi?

Parij prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Luvr muzeyida sodir etilgan yirik o‘g‘irlik Fransiyaga 88 million yevro zarar yetkazgan.

Bu haqda Parij prokurori Lor Bekko BFMTV telekanali orqali ma’lum qildi.

— Luvr direktori yetkazilgan zararni 88 million yevroga baholagan. Bu ulkan miqdor, ammo tarixiy zarar bilan taqqoslab bo‘lmaydi, — dedi u.

Fransiya Madaniyat vazirligi esa Financial Times nashriga bergan izohida, o‘g‘irlangan zargarlik buyumlari sug‘urtalanmaganini ta’kidladi. Sababi, Luvr muzeyida sug‘urta siyosati odatda qo‘llanilmaydi — chunki Leonardo da Vinchining “Mona Liza” yoki “Buyuk Tanis sfenksi” kabi asarlarning haqiqiy qiymatini aniq baholashning iloji yo‘q. Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, davlat bunday hollarda o‘zini sug‘urtalovchi sifatida ko‘radi, agar eksponatlar belgilab qo‘yilgan xavfsiz sharoitda saqlansa.

Madaniyat vaziri Rashida Dati yakshanba kuni muzeydagi talonchilik haqida rasman ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Napoleon III davriga tegishli sakkizta qimmatbaho buyum — diadema, jig‘a va marjonlar o‘g‘irlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilar muzey jihozlarini yetkazib beruvchi bilan oldindan kelishgan bo‘lishi mumkin. Ular jinoyat sodir etgandan so‘ng skuter va velosipedda joyni tark etgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Luvrdagi o‘g‘irlik Fransiyaga qanchaga tushdi?