Anqarada prezidentlar uchun yangi VIP aeroport qurilmoqda

1 daqiqa o'qish383
Anqarada prezidentlar uchun yangi VIP aeroport qurilmoqda

Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan Etimesgut harbiy aerodromi yaqin orada mamlakat yetakchilari va xorijiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan maxsus VIP aeroportga aylantirilmoqda, deb xabar berdi Sözcü nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aeroportni qayta qurish loyihasi juda keng ko‘lamli bo‘lib, u zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan darajada bo‘ladi. Uchish-qo‘nish yo‘lagi 3000 metrgacha uzaytiriladi, kengligi esa 60 metrga yetkaziladi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida 50 ta samolyotni qabul qila oladigan ikki katta perron qurilishi ko‘zda tutilgan.

Aeroport asosan prezidentlar, bosh vazirlar va yuqori darajali mehmonlar tashriflari uchun xizmat qiladi. Bu yerda Faxriylar zali va 2400 kvadrat metrlik Davlat mehmon uyi qurilayotgan bo‘lib, u maxsus rasmiy delegatsiyalar va xalqaro sammitlar uchun mo‘ljallangan.

Obyekt boshqaruvi Turkiya aeroportlari davlat boshqarmasiga topshiriladi, biroq mulk huquqi Bosh shtabda saqlanib qoladi. Qayta qurish ishlari 2026-yil iyul oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Shu sana Turkiya tarixidagi muhim voqea — Türkkuşu Planör maktabining ochilganiga 100-yil to‘lishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu maktab ochilishida o‘tgan asrda Mustafo Kamol Otaturk shaxsan ishtirok etgan edi.

Etimesgut aerodromi tarixan Turkiya harbiy-havo kuchlarining asosiy bazalaridan biri bo‘lgan, shuningdek, o‘quv va logistika markazi vazifasini bajarib kelgan. Endi u deyarli bir asrdan so‘ng yana strategik ahamiyat kasb etayotgani bilan ahamiyatli. Yangi VIP aeroport Turkiya poytaxtining diplomatik va protokol salohiyatini yanada mustahkamlashi, mamlakatni xalqaro miqyosdagi muhim siyosiy markazlardan biriga aylantirishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?