Perudagi noodatiy saylov: Peruda hokimni tanga tashlab aniqlashdi

1 daqiqa o'qish6
Perudagi noodatiy saylov: Peruda hokimni tanga tashlab aniqlashdi

Peruning Konima tumanida o‘tkazilgan hokimlik saylovida ikki nomzod bir xil — 671 nafardan ovoz to‘pladi. Natijada saylovda g‘olibni aniqlash uchun noodatiy usuldan foydalanishga to‘g‘ri keldi.

4 noyabr kuni maxsus saylov komissiyasi nomzodlardan qaysi biri hokimlik lavozimini egallashini tanga tashlash orqali hal qildi. Qur’a natijasiga ko‘ra, Ruben Quispe Capajana saylov g‘olibi deb topildi va tuman hokimi etib saylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday holat Peru qonunchiligida ham nazarda tutilgan. Agar saylovda ikki yoki undan ortiq nomzod teng miqdorda ovoz to‘plasa, g‘olib qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.

Shu tariqa, Konima tumanida hokimlik uchun kurashgan ikki nomzodning taqdiri atigi bitta tanga tashlash natijasiga bog‘liq bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?