Toshkent aholisi bir oyda fandomatga qancha bo‘sh idish topshirgani ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1
Toshkent aholisi bir oyda fandomatga qancha bo‘sh idish topshirgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida plastik butilkalar, shisha idishlar va alyuminiy bankalarni maxsus avtomatlarga topshirish orqali daromad olish mumkin. Chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan ushbu qurilmalar — fandomatlar aholiga keraksiz idishlarni shunchaki tashlab yuborish o‘rniga, ularni foydaga aylantirish imkonini bermoqda.

Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fandomat bir oy davomida jami 16 581 ta bo‘sh idishni qabul qilgan. Ularning asosiy qismini, ya’ni 14 899 tasini plastik idishlar tashkil etgan. Bundan tashqari, 1 289 ta alyuminiy banka va 393 ta shisha idish ham topshirilgan.

Qabul qilingan barcha idishlar uchun aholiga jami 2,4 million so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirilgan. Fandomatga topshirilgan har bir idish uchun 150 so‘mdan haq hisoblanadi. Shu tariqa, fuqarolar uyda to‘planib qoladigan bo‘sh idishlarni topshirish orqali oz bo‘lsa-da, qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

Mazkur tashabbus nafaqat aholiga iqtisodiy manfaat keltirish, balki atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirishga ham xizmat qiladi. Chunki plastik, shisha va metall idishlarni alohida yig‘ish ularning qayta ishlanishini osonlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, fandomatlarni o‘rnatish bo‘yicha tajriba loyihasi joriy yilning sentyabr oyida Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatida boshlangan edi. Bir oylik natijalar esa aholining bunday qurilmalardan foydalanishga qiziqishi borligini ko‘rsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?