
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ta’lim hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida 280 dan ortiq hamkorlik shartnomalari va memorandumlari amal qilmoqda, ularda Qozog‘istonning 60 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, shuningdek Nukus, Jizzax va Navoiy pedagogika institutlarida qozoq tili va adabiyoti fakultetlari tashkil etilgan.
Qozog‘istonda esa 141 ta maktabda o‘zbek tili o‘qitilmoqda. Bu maktablarda 5 814 ta sinfda 89 038 nafar o‘quvchi o‘zbek tilida ta’lim olmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu raqamlar nafaqat madaniy aloqalarni, balki kelajakda ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar, ilmiy va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ham katta imkoniyat yaratadi.
Ta’lim sohasidagi bu hamkorlik yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash, mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.