date

Britaniya uch davlatga vizani bekor qilishi mumkin — sabab nimada?

Britaniya uch davlatga vizani bekor qilishi mumkin — sabab nimada?

Birlashgan Qirollik Afrikaning uch davlati — Angola, Namibiya va Kongo Demokratik Respublikasi fuqarolariga viza berishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda The Times nashri Britaniya Ichki ishlar vazirligidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Sabab shuki, mazkur mamlakatlar Buyuk Britaniyaga noqonuniy yo‘l bilan kirgan 4 mingga yaqin fuqarosini qayta qabul qilishdan bosh tortgan. Rasmiy London esa ularni deportatsiya qilish jarayonida hech qanday hamkorlik bo‘lmayotganidan norozi.

Gazeta yozishicha, 13 noyabr kuni Britaniya Ichki ishlar vazirligi ushbu davlatlarning Londondagi elchixonalarini ogohlantirgan — agar bir oy ichida deportatsiya masalasida faolroq hamkorlik boshlanmasa, viza cheklovlari joriy etiladi.

Avvaliga bu choralar diplomatik xodimlar va imtiyozli shaxslar uchun tezkor viza olish imkoniyatini bekor qilish shaklida boshlanishi mumkin. Ular bundan buyon odatdagi tartibda murojaat qilib, navbat kutishlari kerak bo‘ladi.

Keyingi bosqichda esa ro‘yxatdagi mamlakatlar fuqarolariga to‘liq viza taqiqi qo‘yilishi ham istisno emas. Bu chora, Tramp ma’muriyati davridagi viza siyosatini eslatadi, deya yozadi nashr.

Manbalarga ko‘ra, bu jarayon faqat Afrika davlatlari bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan o‘z fuqarolarini qaytarishni istamaydigan Hindiston, Pokiston, Nigeriya, Bangladesh, Somali va Gabon ham “qora ro‘yxat”ga kiritilishi ehtimoli mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya uch davlatga vizani bekor qilishi mumkin — sabab nimada?