15:30 / 18.01.2017
7 064

Qozog‘iston prezidentining nevarasi hukumat tepasidagi poraxo‘rlarni tanqid qildi

Qozog‘iston prezidentining nevarasi hukumat tepasidagi poraxo‘rlarni tanqid qildi

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Aysulton Nazarboyev hukumat tepasidagi poraxo‘rlar haqida gapirdi. Aysulton o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi shunday gaplarni qoldirgan:

"Men bugun Qirg‘iziston Respublikasining fuqarosi va prezident nevarasi sifatida dozlarb muammolar haqida o‘z fikrimni bildirishni ma’qul topdim. Qozog‘iston Respublikasi prezidenti yuqorida rulni mahkam ushlagan holda davlatni boshqarib bormoqda. Fikrimning xolisligiga shubha qilsangiz biz haqimizda chet-el matbuotining qarashlari bilan tanishishingiz mumkin. Prezident jamoasida o‘z ishining mutaxassislari ko‘p. Biroq, ayrimlari yulduzlik kasaliga uchragan. Ular yurt manfaatini emas, o‘zlarining ehtiyojlari bilan ovora bo‘lib qolganlar. Bu kabi kasal odamlar ortiq davlat muammolarini hal qilishga qodir emaslar"- deb yozadi Aysultan Nazarboyev. Shu bilan birga Aysultan hozirda prezident atrofidagi poraxo‘rlarga qarshi Karim Masimov boshchiligida «ov» boshlanganini ham aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidentining nevarasi hukumat tepasidagi poraxo‘rlarni tanqid qildi