date

Qirg‘izistonda sobiq prezidentning o‘g‘li davlatga qarshi fitnada gumonlanib qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda sobiq prezidentning o‘g‘li davlatga qarshi fitnada gumonlanib qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning o‘g‘li Qodirbek Atambayev va uning bir necha tarafdori ommaviy tartibsizliklar tashkil etganlikda ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar parlament saylovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng Konstitutsiyaga zid talablar qo‘yish hamda ma’muriy binolar, teleradiouzatish obyektlari, kuch tuzilmalari, qurol-yarog‘ omborlari va jazoni ijro etish muassasalarini egallashga urinishni rejalashtirgan.

Tintuvlar davomida qurollar, o‘q-dorilar, granatalar, aloqa vositalari, noqonuniy harakatlar rejasi va ularni moliyalashtirish bilan bog‘liq hujjatlar, narkotik moddalar hamda 150 ming dollar (taxminan 1,87 milliard so‘m) pul mablag‘lari musodara qilindi.

Qirg‘iziston parlamentiga muddatidan oldin saylovlar joriy yilning 30 noyabrida bo‘lib o‘tadi. Ilgari bu saylovlar 2026 yil noyabriga rejalashtirilgan edi. Biroq 25 sentyabr kuni amaldagi deputatlar o‘z ixtiyori bilan vakolatlaridan voz kechishganini e’lon qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda sobiq prezidentning o‘g‘li davlatga qarshi fitnada gumonlanib qo‘lga olindi