
AQSh hukumati tomonidan noqonuniy migrantlarga nisbatan yangi moliyaviy choralar joriy etildi. Prezident Donald Trampning ko‘rsatmasiga ko‘ra, 14 yoshdan katta bo‘lgan va mamlakatga noqonuniy kirgan har bir shaxsga 5 ming dollar miqdorida jarima belgilandi.
“Apprehension fee” deb ataluvchi ushbu jarima migrant hibsga olingan zahoti rasmiylashtiriladi. Eng muhimi, u keyingi sud jarayonlari yoki deportatsiya qaroridan qat’i nazar majburiy tarzda to‘lanishi shart hisoblanadi.
Yangi tartib migratsiya jarayonlarini yanada qat’iylashtirish, noqonuniy kirishlar sonini kamaytirish va chegaradagi tartibot xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan.
Mutaxassislar fikricha, ushbu chora AQShga noqonuniy kirishni rejalashtirayotgan minglab shaxslar uchun sezilarli to‘siq bo‘lishi mumkin. Biroq yangi jarima huquq himoyachilari orasida munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Ayni paytda yangi qoida amalda va barcha noqonuniy migrantlarga teng tatbiq etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.