Kim Chen In qizi voris sifatida ko‘rsatilmoqda

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qizi Chju E kelajakda davlat rahbariga voris bo‘lishi mumkinligiga ishora qilinmoqda. U ota-onasi bilan birga ilk bor Pxenyanda joylashgan Kumsusan quyosh maqbarasiga tashrif buyurib, mamlakatning avvalgi rahbarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Kuzatuvchilarga ko‘ra, Chju Ening mazkur rasmiy marosimda ishtirok etishi uning siyosiy sahnadagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Bu holat uni otasining ehtimoliy vorisi sifatida tayyorlanayotgani haqidagi taxminlarni yanada kuchaytirgan.
So‘nggi uch yil davomida Chju E davlat ommaviy axborot vositalarida tez-tez ko‘rina boshladi. Bu esa tahlilchilar hamda Janubiy Koreya razvedka agentligi tomonidan Shimoliy Koreyada to‘rtinchi avlod rahbari aynan u bo‘lishi mumkin, degan fikrlarning ilgari surilishiga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!