Afrikada erkakni daryoda timsoh g‘ajib tashladi

Zambiyada fillardan qochayotgan erkak fojiali hodisaga duch keldi. “Daily Mail” xabariga ko‘ra, bu voqea Din Nirenda ismli fuqaro ikki do‘sti bilan baliq ovlayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular to‘satdan jahldor fillarga ro‘baro‘ kelib qolgan. Uchovlon qochishga tushgan, Nirenda esa yashirinish maqsadida daryo yoqinidagi soyga sho‘ng‘igan. Mahalliy politsiya vakili Robertson Mveyembaning aytishicha, aynan shu lahzada unga timsoh tashlanib, o‘ng sonini tishlab olgan. Shunga qaramay, erkak tayoq bilan zarba berib, timsohdan qutulishga muvaffaq bo‘lgan va suvdan chiqib olgan.
Voqeani sohildan kuzatib turgan hamrohlari shoshilib yetib kelib, jabrlanuvchini xavfsiz joyga olib chiqqan. Ular qon ketishni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq Nirendaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Rasmiylar ta’kidlashicha, Zambiyada fillar soni ortib borishi sabab odamlar va yovvoyi jonivorlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tobora ko‘paymoqda. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Luangva milliy bog‘i orqali oqib o‘tuvchi Luangva daryosi Afrikada Nil timsohlari eng ko‘p uchraydigan hududlardan biri hisoblanadi.
Shu bois, Zambiya hukumati va tabiatni muhofaza qilish xizmatlari mahalliy aholi hamda sayyohlarni yovvoyi hayvonlar faolligi yuqori bo‘lgan hududlarda doimo alohida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga chaqirib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular to‘satdan jahldor fillarga ro‘baro‘ kelib qolgan. Uchovlon qochishga tushgan, Nirenda esa yashirinish maqsadida daryo yoqinidagi soyga sho‘ng‘igan. Mahalliy politsiya vakili Robertson Mveyembaning aytishicha, aynan shu lahzada unga timsoh tashlanib, o‘ng sonini tishlab olgan. Shunga qaramay, erkak tayoq bilan zarba berib, timsohdan qutulishga muvaffaq bo‘lgan va suvdan chiqib olgan.
Voqeani sohildan kuzatib turgan hamrohlari shoshilib yetib kelib, jabrlanuvchini xavfsiz joyga olib chiqqan. Ular qon ketishni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq Nirendaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Rasmiylar ta’kidlashicha, Zambiyada fillar soni ortib borishi sabab odamlar va yovvoyi jonivorlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tobora ko‘paymoqda. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Luangva milliy bog‘i orqali oqib o‘tuvchi Luangva daryosi Afrikada Nil timsohlari eng ko‘p uchraydigan hududlardan biri hisoblanadi.
Shu bois, Zambiya hukumati va tabiatni muhofaza qilish xizmatlari mahalliy aholi hamda sayyohlarni yovvoyi hayvonlar faolligi yuqori bo‘lgan hududlarda doimo alohida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga chaqirib kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing