date

Xarbinda pingvinlar bo‘yinbog‘da paradga chiqib, tomoshabinlarni kuldirdi

Xarbinda pingvinlar bo‘yinbog‘da paradga chiqib, tomoshabinlarni kuldirdi

Xitoyning Xarbin shahrida qishning eng kayfiyatli manzaralaridan biri yana takrorlandi: Harbin Polarland tematik parkida pingvinlar paradi o‘tkazildi. Bu tadbir parkda har yili an’anaga aylangan bo‘lib, har safar mehmonlarga “qishki multfilm” kayfiyatini ulashadi.

Paradda pingvinlar oddiy yurib o‘tmadi — ularga maxsus kostyumlar kiydirilgan, hatto bo‘yinbog‘ ham taqilgan. Park xodimlari ularga hamrohlik qilib, tomoshabinlar oldidan tartib bilan o‘tkazishdi. Bir tarafdan qarasangiz, juda jiddiy “qutb zodagonlari”, ikkinchi tarafdan esa — baribir pingvin: qadam tashlashi ham, qiyofasi ham odamni beixtiyor tabassumga majbur qiladi.

Qayd etilishicha, Harbin Polarland — qutb hayvonlari va arktik manzaralar konsepsiyasiga qurilgan ilk tematik parklardan biri hisoblanadi. Shu bois bu yerdagi har bir shou va chiqishlar ham aynan shu “so‘nggi muzliklar ruhi”ga mos tarzda tashkil etiladi.

Aytgancha, Xarbin qishki tadbirlar bilan faqat pingvinlar paradida to‘xtab qolmaydi. Shaharda har yili muz va qor festivali ham o‘tkaziladi: unda qor va muzdan ulkan inshootlar bunyod etiladi, kechqurun yoritilgan kompozitsiyalar esa shaharni go‘yo fantastik kinodagi sahnaga aylantiradi. O‘tgan yil dekabr oyida esa balandligi qariyb 8 qavatli bino bilan teng qorbobo haykali festivalning eng ko‘p muhokama qilingan “vizit kartochka”si bo‘lgan.

Qisqasi, Xarbin qishni “sovuq mavsum” emas, katta shouga aylantirib yuborgan. Bugun pingvinlar paradi kayfiyat bersa, ertaga muz shaharchasi hayratga soladi — qish ham to‘g‘ri tashkil qilinsa, odamga yoqimli xotira bo‘lib qolarkan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xarbinda pingvinlar bo‘yinbog‘da paradga chiqib, tomoshabinlarni kuldirdi