date

Filippinda fudbloger zaharli qisqichbaqa yeb vafot etdi

Filippinda fudbloger zaharli qisqichbaqa yeb vafot etdi

Filippinda ijtimoiy tarmoq uchun “kontent” qilish istagi og‘ir fojia bilan yakunlandi. 51 yoshli fudbloger Emma Amit zaharli “shayton qisqichbaqa”ni iste’mol qilib, ikki kun ichida vafot etdi. Hodisa haqida “New York Post” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bloger do‘stlari bilan Palavan orolidagi Puerto Prinsesa shahri yaqinida dengiz mahsulotlari va turli jonzotlarni yig‘gan. Keyin u video uchun turli ta’mlarni tatib ko‘rgan: qisqichbaqa, kokos sutida pishirilgan dengiz shilliqqurti va yana boshqa dengiz jonzotlari kadrlarga tushirilgan.

Biroq ertasi kuni ayol o‘zini keskin yomon his qila boshlagan. Zaharli toksinlar ta’siri kuchayib, klinikaga olib ketilayotgan paytda tutqanoq belgilari kuzatilgan. Ahvoli og‘irlashgach, u shifoxonaga yotqizilgan. Hushsiz holatda bo‘lganida lablari ko‘kimtir tusga kirgani ham qayd etilgan.

Shifokorlar uni saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan, ammo natija bermagan. Ayol zaharli qisqichbaqani iste’mol qilganidan ikki kun o‘tib vafot etgan.

Hodisadan so‘ng mahalliy Luzviminda qishlog‘i rahbari Laddi Gemang tekshiruv uchun mas’ullarni marhumaning uyiga yuborgan. U yerda chiqindilar orasidan yorqin rangli “shayton qisqichbaqa”ning po‘stloqlari topilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Hind-Tinch okeani hududida uchraydigan bu tur tarkibida kuchli neyrotoksinlar — saksitoksin va tetrodotoksin bo‘lishi mumkin. Bu zaharlar fugu baliqlarida ham uchraydi va ayrim hollarda bir necha soat ichidayoq o‘limga olib kelishi ehtimoli bor.

Mahalliy rasmiylar esa aholini yana bir bor ogohlantirmoqda: noma’lum yoki zaharli dengiz jonzotlarini iste’mol qilish hayot uchun o‘ta xavfli. Ayniqsa “ko‘ramiz-chi” degan tajriba va “kontent” ortidan quvish, ba’zan qaytib kelmaydigan yo‘lga aylanib qolishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Filippinda fudbloger zaharli qisqichbaqa yeb vafot etdi