date

Tailandda mushuk vabosi sabab 72 ta yo‘lbars halok bo‘ldi

Tailandda mushuk vabosi sabab 72 ta yo‘lbars halok bo‘ldi

Tailandda mushuk vabosi tarqalishi oqibatida 72 ta yo‘lbars nobud bo‘ldi, deb The Independent nashri xabar berdi. Hodisa mamlakatning shimolida joylashgan Chiangmay provinsiyasidagi sayyohlik bog‘ida qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hududda mushuk vabosi deb ataladigan panleykopeniya kasalligi keskin avj olgan. Mutaxassislar bu infeksiya hayvonlarning ovqat hazm qilish tizimiga va immunitetiga og‘ir zarar yetkazishini ta’kidlamoqda.

Vaziyat sababli bog‘lar vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan. Tirik qolgan yo‘lbarslar alohida nazorat ostiga olinib, karantinga joylashtirilgan va to‘liq vaksinatsiya qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda mushuk vabosi sabab 72 ta yo‘lbars halok bo‘ldi