date

Qozog‘istonda o‘quv parvozi payti qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Qozog‘istonda o‘quv parvozi payti qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Bugun, 25 fevral kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida Su-30SM rusumli harbiy qiruvchi samolyot avariyaga uchradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Vazirlikka ko‘ra, hodisa rejali o‘quv-mashg‘ulot parvozini bajarish jarayonida sodir bo‘lgan. Ayni paytda halokatga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.

Ma’lumotda ta’kidlanishicha, samolyot ekipaji o‘z vaqtida katapultadan foydalangan. Uchuvchilar tirik qolgan, ularning hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy tahdid yo‘q.

Hozirda uchuvchilar tibbiyot mutaxassislari nazorati ostida ekani bildirildi. Hodisa ro‘y bergan hudud xavfsizlik maqsadida o‘rab qo‘yilgan, aholi hamda infratuzilma obyektlari uchun xavf mavjud emas.

Voqea sabablari va barcha holatlarni aniqlash uchun maxsus komissiya tashkil etildi. Tergov yakunlariga ko‘ra huquqiy xulosa chiqarilib, tegishli protsessual qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda o‘quv parvozi payti qiruvchi samolyot halokatga uchradi