07:09 / 19.03.2017
6 966

40 dan ko‘proq somalilik qochqin shafqatsizlarcha otib tashlandi

40 dan ko‘proq somalilik qochqin shafqatsizlarcha otib tashlandi

Yaman sohillari yaqinidagi Bab-al-Mandab bo‘g‘ozida 42 nafar somalilik qochqin kemaga hujum qurboniga aylandilar, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

80 kishi hujumdan omon chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Hujum vertolyotdan amalga oshirilgan. Qochqinlar yonida BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining hujjatlari bo‘lgan.

"Hujum dengizda odamlar Sudandagi Ras Al-Ar’a lageriga ketayotganlarida yuz bergan. Ularda rasmiy hujjatlar bo‘lgan, biroq shunga qaramay ularga shafqatsizlarcha zarba berilgan. Inson hayotiga zarracha hurmat yo‘q!", deb aytgan sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimi.

Fojia xusiylar nazorati ostida bo‘lgan Xudaydo shahri yaqinida yuz bergan. BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari rasmiy vakili Uilyam Spindler hujum oxirgi kunlar bu hududda avj olgan janglar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Hujum uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 40 dan ko‘proq somalilik qochqin shafqatsizlarcha otib tashlandi