date

Eron Isroil bosh vaziri idorasiga zarba berilganini bildirdi, Netanyahu taqdiri hozircha noma’lum

Eron Isroil bosh vaziri idorasiga zarba berilganini bildirdi, Netanyahu taqdiri hozircha noma’lum

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi "Xaybar" turidagi raketalar qo‘llangan "o‘ninchi to‘lqin" hujumlarida Isroil hukumat majmuasi nishonga olinganini ma’lum qildi, xabar.uz xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, "sionistik rejim" bosh vaziri idorasi hamda mazkur rejim harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni joylashgan manzil "maqsadli va kutilmagan zarbalar"ga uchragan. Eron qurolli kuchlari bu hujumlarni "og‘ir zarba" deb baholagan.

IIQK bayonotida "o‘ninchi to‘lqin" doirasida "Xaybar" raketalari bilan "jiddiy zarbalar" berilgani yana bir bor ta’kidlangan.

Shuningdek, bayonotda Isroil bosh vazirining taqdiri "noma’lum holatda" ekani aytilgan. Hozircha bu iddaolar bo‘yicha mustaqil tasdiq mavjud emas.

Eron tomoni zarbalar asosan Isroilning "hukumat kampusi"ga qaratilganini, natijalar va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishini bildirgan. Hozircha Isroil rasmiylari ushbu bayonot yuzasidan munosabat bildirmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroil bosh vaziri idorasiga zarba berilganini bildirdi, Netanyahu taqdiri hozircha noma’lum