Eronda halok bo‘lganlar soni 555 kishiga yetdi

Isroil va AQSHning qo‘shma harbiy amaliyoti boshlanganidan beri Eronda halok bo‘lganlar soni 555 kishiga yetdi, aniq.uz xabar berdi.Bu haqda Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lum qildi.
Bayonotda qayd etilishicha, ikki kun avval boshlangan hujumlar oqibatida mamlakat bo‘ylab yuzlab insonlar hayotdan ko‘z yumgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 555 nafarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, hujumlar natijasida 131 ta shaharda vayronagarchilik va turli darajadagi zarar kuzatilgan. Infratuzilma obyektlari va turar joy binolariga jiddiy shikast yetgani aytilmoqda.
Avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bir kun oldin hujumlar oqibatida 201 kishi halok bo‘lgani va 747 kishi jarohat olgani xabar qilingan edi. Qurbonlar soni ortib borayotgani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!