date

BMT Erondagi maktab hujumini tekshirishni talab qildi

BMT Erondagi maktab hujumini tekshirishni talab qildi

BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari idorasi Erondagi maktabda ro‘y bergan hujumni xolisona tekshirishga chaqirdi. Oliy komissar matbuot kotibi Ravina Shamdasaniga ko‘ra, hujumni amalga oshirganlar tekshiruv o‘tkazish va uning natijalarini jamoatchilikka e’lon qilishga mas’uldir. Shuningdek, aybdorlarni jazolash va qurbonlarga tovon puli to‘lash lozimligi ta’kidlangan.

BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari fuqaroviy infratuzilma hamda tinch aholiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirgan. Shu munosabat bilan xalqaro gumanitar huquq talablariga qat’iy rioya etish zarurligi eslatilgan.

Minob tumanidagi "Shajarayi Toyyiba" maktabi 28 fevral kuni, dars jarayonida bombardimon qilingani xabar qilingan. Hujum oqibatida ko‘plab o‘quvchi va o‘qituvchilar halok bo‘lgani, maktab binosi esa jiddiy vayron bo‘lgani aytilmoqda.

Eron davlat OAVlarida hodisa natijasida ko‘plab bolalar halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. YUNESKO bu voqeani xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi sifatida qoralagan. AQSH mudofaa vaziri esa Amerika armiyasi fuqaroviy obyektlarga zarba bermasligini ta’kidlab, hodisa bo‘yicha tekshiruv olib borilayotganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » BMT Erondagi maktab hujumini tekshirishni talab qildi