date

Germaniya Eron bo‘yicha xavotirli ogohlantirish berdi

Germaniya Eron bo‘yicha xavotirli ogohlantirish berdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Eron atrofidagi vaziyat yuzasidan xavotirli bayonot bilan chiqdi. Uning aytishicha, bu mamlakatda Suriyada kuzatilgan inqirozga o‘xshash ssenariy takrorlanmasligi kerak.

Mersning ta’kidlashicha, AQSH va Isroilning Eron bilan bog‘liq mojarosi butun mintaqaga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, bu holat yangi qochqinlar to‘lqinini keltirib chiqarishi ehtimoli ham Germaniyani jiddiy o‘ylantirmoqda.

Kansler Eron mustaqilligini saqlab qolishi muhimligini urg‘uladi. U Vashington va Isroil hukumati bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarda aynan Eronni barqarorlashtirish uchun imkoniyatlarni tezroq yaratishga chaqirib kelayotganini bildirdi.

Fridrix Mers fikricha, Eronda demokratik yo‘l bilan legitim hukumat shakllanishi va davlat sifatida faoliyatini davom ettirishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uning bu so‘zlari Yevropa Eronda vaziyat yanada izdan chiqishini istamayotganini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Eron bo‘yicha xavotirli ogohlantirish berdi