Ukraina va Rossiya navbatdagi asirlar almashinuvini o'tkazdi

1 daqiqa o'qish1.6K
Ukraina va Rossiya navbatdagi asirlar almashinuvini o'tkazdi

Rossiya va Ukraina o'rtasida navbatdagi keng ko'lamli asirlar almashinuvi amalga oshirildi. Tomonlar 300 ga 300 formulasi bo'yicha kelishuvga erishib, o'z harbiylarini vataniga qaytardi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma'lum qildi va Rossiya Mudofaa vazirligi ham mazkur jarayonni tasdiqladi.

Zelenskiyning so'zlariga ko'ra, ozod etilganlar orasida 300 nafar harbiy xizmatchidan tashqari ikki nafar tinch aholi vakili ham bor. Ularning aksariyati uzoq vaqt davomida, ayrimlari esa 2022 yildan buyon asirlikda saqlanayotgan edi. “Nash vixod” harakati koordinatori Irina Krininaning ta'kidlashicha, qaytarilgan harbiylarning bir qismi 2024 yilda, qolganlari esa 2025 yilda asirga tushgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu jarayon AQSH va Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida o'tganini ma'lum qildi. Hozirda Rossiyaga qaytgan harbiylar Belarus hududida bo'lib turibdi. Ta'kidlash joizki, bu ikki davlat o'rtasidagi yagona almashinuv emas. Bir kun avval, 5 mart kuni tomonlar “200 ga 200” formulasi bo'yicha ham asirlarni almashgan edi. Bundan oldingi shunday jarayon esa 2026 yil fevral oyi boshida kuzatilgan bo'lib, unda 157 nafardan harbiy o'z yurtiga qaytarilgandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?