AQSH sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga cheklov qo‘ydi: nima yashirilmoqda?

AQSHning Planet Labs kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bo‘yicha cheklov joriy qildi.
Amerikaning sun’iy yo‘ldosh orqali tasvirga olish bilan shug‘ullanuvchi Planet Labs kompaniyasi joriy urush sharoitida Fors ko‘rfazi davlatlari, Iroq va Quvayt hududlari bo‘yicha yangi sputnik tasvirlarini 96 soat kechiktirib berishini ma’lum qildi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu qaror AQSH va uning ittifoqchilariga tegishli harbiy obyektlarga yetkazilgan zararni deyarli real vaqtda tahlil qilishning oldini olish maqsadida qabul qilingan.
Shu bilan birga, Eron hududi bo‘yicha sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini kechiktirish qo‘llanilmayapti.
Planet Labs bu chorani “urush sharoitida xodimlar va operatsiyalarni himoya qilish uchun vaqtinchalik chora” deb izohladi.
Ya’ni amalda:
• AQSH va uning ittifoqchilariga yetkazilgan zarar haqidagi ma’lumotlar ochiq tasvirlar orqali tez tarqalmasligi cheklanmoqda;
• Ammo Eron hududidagi zarar haqidagi tasvirlar odatdagidek chiqishda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!