12:06 / 25.03.2017
5 005

Rossiyaning Su-25 samolyotlari Qirg‘izistondan Tojikistonga ko‘chirildi

Rossiyaning Su-25 samolyotlari Qirg‘izistondan Tojikistonga ko‘chirildi
Rossiyaning Su-25SM hujumkor samolyotlari Qirg‘izistonning Kant aviabazasidan Tojikistonga ko‘chirildi, ular qo‘shma aksilterrorchilik qo‘mondonlik-shtab mashqlarida qatnashadi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.

«Rossiyaning Su-25SM hujumkor samolyotlari Qirg‘izistondagi Kant aviabazasidan Tojikistonga ko‘chirildi, ular ikki davlat qurolli kuchlarining birlashgan guruh qo‘shinlari qo‘shma aksilterrorchilik qo‘mondonlik-shtab mashqlarida ishtirok etadi. Samolyotlar Dushanbedan 30 kilometr masofada joylashgan Ayni aerodromidagi aviasiya guruhi tarkibini to‘ldiradi», - deyishgan matbuot xizmatida.

Ta’kidlanishicha, ekipajlar er ustidagi nishonlar, baza lagerlari va noqonuniy qurolli tuzilmalar omborxonalariga raketa-bomba zarbalari berish bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadi.

Mashqlarda markaziy harbiy okrug harbiy boshqarmasi tezkor guruhlari, 201-harbiy baza bo‘linmalari, harbiy okrugning alohida birlashmalari va harbiy qismlari, Tojikiston mudofaa vazirligining maxsus topshiriqli desant va mexanizasiyalashgan piyoda brigadalari tarkibidagi bo‘linmalar ishtirok etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)