Tramp Oyga da’vo qildi: xalqaro huquq bunga nima deydi?

Tramp Oyga da’vo qildi: xalqaro huquq bunga nima deydi?

AQSH prezidenti Donald Tramp Oyga oid noodatiy post bilan chiqdi. U 6 sentyabr kuni Truth Social'dagi sahifasida Oy tasviri, AQSH bayrog‘i va «The moon is ours» — «Oy bizniki» degan yozuv tushirilgan suratni e’lon qildi.

Biroq xalqaro huquq nuqtayi nazaridan Oy biror davlat hududi hisoblanmaydi. Bu masala 1967 yilda kuchga kirgan Kosmos to‘g‘risidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.

Shartnomaning 2-moddasida koinot, Oy va boshqa osmon jismlari hech bir davlat tomonidan suverenitet, foydalanish, egallash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zlashtirilishi mumkin emasligi belgilangan.

Shuningdek, hujjat Oy va boshqa osmon jismlaridan barcha davlatlar tomonidan kamsitishlarsiz, tinch maqsadlarda tadqiqot va foydalanish uchun ochiq bo‘lishini nazarda tutadi.

Shu sababli Trampning «Oy bizniki» degan yozuvi AQSHning Oyga nisbatan rasmiy hududiy da’vosi sifatida qaralishi mumkin emas. AQSH astronavtlarining Oyga qo‘ngani yoki u yerda tadqiqot olib borgani ham mamlakatga Oyni o‘z hududi sifatida e’lon qilish huquqini bermaydi.

Kosmos to‘g‘risidagi shartnoma 1967 yilda kuchga kirgan bo‘lib, bugungi kunda xalqaro kosmik huquqning asosiy hujjatlaridan biri hisoblanadi. BMTning Kosmos masalalari bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur shartnomaga 2024 yil 17 oktabrda qo‘shilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar