Eron ikki haftadan buyon internetsiz qolmoqda
1 daqiqa o'qish361

Eronda internet tarmog'i bilan bog'liq jiddiy muammolar davom etmoqda. Xalqaro monitoring xizmati NetBlocks ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda global tarmoqqa kirish imkoniyati 200 soatdan ortiq vaqtdan buyon cheklangan. Bu holat aholining tashqi dunyo bilan aloqasini deyarli to'liq uzib qo'ydi. Bu haqda ixbt.com xabar beradi.
Texnik infratuzilma o'z ish faoliyatini saqlab qolgan bo'lsa-da, fuqarolar faqat qattiq nazorat ostidagi ichki tarmoqdan foydalanish imkoniga ega. Internetdagi uzilishlar ikkinchi haftasiga o'tib, to'qqizinchi kunni qarshi oldi. Avvalroq xabar qilinganidek, ushbu cheklovlar sababli 90 millionga yaqin aholi global axborot maydonidan uzilib qolgan.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…