date

Eron AQSH va Isroilni qo‘llab-quvvatlovchilarga qarshi keskin chora ko‘radi

Eron AQSH va Isroilni qo‘llab-quvvatlovchilarga qarshi keskin chora ko‘radi

Eron Bosh prokuraturasi xorijda istiqomat qilayotgan va AQSH hamda Isroilning Eron davlatiga nisbatan olib borayotgan siyosatini qo'llab-quvvatlayotgan o'z fuqarolariga nisbatan keskin qaror qabul qildi. Rasmiy bayonotga ko'ra, ushbu davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan yoki ularning harakatlarini ma'qullayotgan eronliklarning mamlakat hududidagi barcha mol-mulki musodara qilinishi belgilandi. Prokuratura vakillari bu faqatgina boshlanish ekanligini, kelgusida qonunchilik doirasida yanada qat'iy huquqiy choralar ko'rilishini ma'lum qildi.

Reuters agentligining xabar berishicha, ayni damda Eron tashqarisida 5 millionga yaqin eronlik istiqomat qiladi. Ularning aksariyati AQSH va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida joylashgan bo'lib, ko'plab taniqli shaxslar ijtimoiy tarmoqlar orqali Eron rahbariyatini keskin tanqid qilib kelmoqda. Xususan, ular AQSH va Isroilning harbiy operatsiyalarini ochiqdan-ochiq qo'llab-quvvatlashini bildirib, rasmiy Tehron siyosatiga qarshi chiqmoqda.

Eron ichkarisida boshlangan ommaviy norozilik namoyishlaridan so'ng, xorijdagi eronlik diaspora vakillari ham faollashdi. Ular muntazam ravishda Amerika va Yevropa shaharlari ko'chalariga chiqib, o'z vatanidagi namoyishchilarni qo'llab-quvvatlashini namoyish etmoqda. Rasmiy Tehron esa bu kabi harakatlarni davlat xavfsizligiga tahdid deb baholamoqda. Hukumatning ushbu yangi qarori xorijdagi muxolif kayfiyatdagi fuqarolarga bosim o'tkazish va ularning moliyaviy imkoniyatlarini cheklashga qaratilgan navbatdagi qadam sifatida ko'rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron AQSH va Isroilni qo‘llab-quvvatlovchilarga qarshi keskin chora ko‘radi