date

Putin Trampga Yaqin Sharqdagi keskinlikni pasaytirish bo‘yicha takliflar yetkazdi

Putin Trampga Yaqin Sharqdagi keskinlikni pasaytirish bo‘yicha takliflar yetkazdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi suhbatga doir ayrim tafsilotlarni ma’lum qildi. Uning aytishicha, Rossiya rahbari AQSh prezidentiga Eron atrofida yuzaga kelgan inqirozni yumshatish va uni siyosiy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha o‘z takliflarini yetkazgan.

Peskovga ko‘ra, Tramp suhbat davomida Putindan Ukraina mojarosini hal qilib berishni so‘ramagan. Shu bilan birga, Kreml vakili Ukraina masalasida uch tomonlama muzokaralar formatini saqlab qolish zarurligini ta’kidlagan. Uning fikricha, mazkur mojaroning imkon qadar tezroq tugashidan barcha manfaatdor.

Ayni paytda, Ukraina bo‘yicha navbatdagi uch tomonlama muzokaralarning qachon va qayerda o‘tishi hozircha aniq emas. Peskov bu borada hali yakuniy kelishuv bo‘lmaganini bildirgan.

Kreml vakili, shuningdek, Rossiya Yaqin Sharqdagi keskinlikni pasaytirishga yordam berishga tayyor ekanini qayd etdi. Biroq bu yo‘nalishda natijaga erishish uchun ko‘plab tomonlar bilan muvofiqlashuv zarurligi alohida urg‘ulangan.

Shuningdek, Peskovning aytishicha, Putin va Tramp muloqoti chog‘ida AQShning Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalari mavzusi batafsil muhokama qilinmagan. Avvalroq Donald Tramp ushbu suhbat yaxshi ruhda o‘tganini aytib, Putin Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirganini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Putin Trampga Yaqin Sharqdagi keskinlikni pasaytirish bo‘yicha takliflar yetkazdi