
Yamanning «Ansor Alloh» (xusiylar) harakati isyonchilari nazorati ostidagi poytaxti Sanodagi sud mamlakat prezidenti Abdu Rabbu Mansur Hodiyni o‘lim jazosiga mahkum etdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Hodiy «davlatga xiyonat» va «tajovuzkor mamlakat Saudiya Arabistoni va uning ittifoqdoshlariga hamkorlik» qilgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Undan tashqari, Sano sudi uning hukumatidagi yana olti nafar yuqori mansabli amaldorlarni, shu jumladan, Yamanning AQShdagi elchisi Ahmad Avad Bin Muborak va mamlakat sobiq tashqi ishlar vaziri Riyod Yosinni oliy jazoga mahkum etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar