date

Dunyodagi eng badavlat mashhurlar reytingi e’lon qilindi

Dunyodagi eng badavlat mashhurlar reytingi e’lon qilindi

Forbes jurnali dunyodagi eng boy mashhur shaxslar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni taniqli kinorejissyor Stiven Spilberg egalladi. Uning boyligi 7,1 milliard dollarga baholanmoqda.

Hozir 79 yoshni qarshi olgan Spilberg jahon kinosi tarixidagi eng muvaffaqiyatli rejissyorlardan biri hisoblanadi. U “Jag‘lar”, “Yura davri bog‘i” hamda “Indiana Jons” kabi mashhur filmlar orqali katta daromad topgan. Bundan tashqari, u mashhur DreamWorks kinostudiyasining asoschilaridan biridir. Rejissyor ilk bor 1994 yilda Forbes reytingiga kiritilgan bo‘lib, shundan buyon ro‘yxatni tark etmagan.

Reytingda ikkinchi pog‘onani yana bir mashhur kinorejissyor — “Yulduzlar jangi” filmlari muallifi Jorj Lukas egalladi. 81 yoshli rejissyorning boyligi 5,2 milliard dollarga baholanmoqda. Uchinchi o‘rinda esa basketbol afsonasi Maykl Jordan joylashgan bo‘lib, uning umumiy boyligi 4,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Forbes ro‘yxatida boshqa mashhur va boy shaxslar ham qayd etilgan. Jumladan, 5-o‘rinni teleboshlovchi Opra Uinfri (3,2 milliard dollar), 7-o‘rinni qo‘shiqchi Teylor Svift (2 milliard dollar), 11-o‘rinni golfchi Tayger Vuds (1,5 milliard dollar) egallagan.

Shuningdek, basketbolchi Lebron Jeyms 1,4 milliard dollar bilan 14-o‘rinda, aktyor va sobiq siyosatchi Arnold Shvarsenegger 1,2 milliard dollar bilan 16-o‘rinda qayd etilgan. Reytingning keyingi pog‘onalarida tennis yulduzi Rojer Federer va mashhur rejissyor Jeyms Kemeron (har biri 1,1 milliard dollar) joylashgan.

Ro‘yxatning so‘nggi qatorlarida esa musiqiy sahnaning taniqli vakillari — qo‘shiqchilar Rihanna va Beyonse bo‘lib, ularning har birining boyligi 1 milliard dollarga baholangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng badavlat mashhurlar reytingi e’lon qilindi