date

Eron Turkiya bilan munosabatlarni buzishga urinishni AQSh va Isroilga yukladi

Eron Turkiya bilan munosabatlarni buzishga urinishni AQSh va Isroilga yukladi

Tehron Turkiya hududiga ballistik raketa uchirilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi va AQSh hamda Isroilni ikki davlat – Eron va Turkiya – o‘rtasidagi munosabatlarni buzishga urinishda aybladi, deb xabar bermoqda RBK.

Eronning "Xatam al-Anbiya" markaziy shtabi rasmiy vakili ma’lum qilishicha, Eron qurolli kuchlari Turkiya tomon raketa uchirmagan.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh rahbarlari va sionistik rejimning avvalgi fitnalarini inobatga olsak, bunday harakat AQSh va sionistik rejim tomonidan ikki davlat – Eron va Turkiya – o‘rtasidagi munosabatlarni buzish maqsadida amalga oshirilganga o‘xshaydi va bu tekshiruvni talab qiladi".

Eron davlat televideniyesi ushbu bayonotni e’lon qilib, vaziyatni tekshirish va haqiqatni aniqlash zarurligini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron Turkiya bilan munosabatlarni buzishga urinishni AQSh va Isroilga yukladi