Rayxon Ulasenova 44 yoshda: muxlislar suygan aktrisaga tabriklar yog‘ilmoqda

Kecha, 16 iyun kuni taniqli aktrisa va boshlovchi Rayxon Ulasenova o‘zining tug‘ilgan kunini nishonladi. Sevimli ijodkor 44 yoshni qarshi oldi.
Rayxon Ulasenova o‘zining samimiy obrazi, kuchli aktyorlik mahorati va ekran jozibasi bilan tomoshabinlar qalbidan mustahkam o‘rin egallagan. U ko‘plab filmlar hamda “Mendirman Jaloliddin” kabi yirik tarixiy serialdagi yorqin rollari orqali keng ommaga tanilgan.
Bundan tashqari, aktrisa turli ko‘ngilochar dasturlarda boshlovchi sifatida ham faol ishtirok etib, o‘zining nutqi, hazil-mutoyibasi va sahnadagi erkinligi bilan muxlislar mehrini qozongan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ham san’atkorni ushbu quvonchli sana bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va yangi ijodiy yutuqlar tilayotganlar soni ortib bormoqda.
Biz ham Rayxon Ulasenovani tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz va uning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.





























Izohlar 0
…