Eron zarbalari Isroil janubida jiddiy talofatlar keltirdi

1 daqiqa o'qish2.1K
Eron zarbalari Isroil janubida jiddiy talofatlar keltirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Eron raketa zarbalari Isroil janubidagi Dimona va Arad shaharlariga jiddiy zarar yetkazib, qariyb 90 nafar insonning jarohatlanishiga sabab bo'ldi.
  • Jarohatlanganlar orasida ahvoli og'ir kamida 10 kishi, jumladan besh yoshli qizaloq bor.
  • Zarbalarning ehtimoliy nishoni bo'lgan Yadro energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi jiddiy zarar ko'rmadi, biroq turar joylar va infratuzilma obyektlari shikastlandi.

Foto: Reuters / Dimonaga hujum oqibatlari.

Isroilning janubiy hududlarida joylashgan Dimona va Arad shaharlari Eron tomonidan yo‘llangan raketa zarbalari oqibatida jiddiy jabr ko‘rdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum natijasida qariyb 90 nafar inson turli darajada jarohat olgan. Ular orasida og‘ir ahvolda bo‘lganlar ham bor — kamida 10 kishi, jumladan besh yoshli qizaloqning holati tashvishli ekani aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hujumlardan asosiy maqsad sifatida Isroilning yadroviy infratuzilmasi ko‘rilgan. Biroq Dimonadan taxminan 10 kilometr va Araddan 30 kilometr masofada joylashgan Yadro energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi jiddiy zarar ko‘rmagani qayd etildi. Bu esa ehtimoliy katta falokatning oldi olinganini anglatadi.

Shu bilan birga, Xalqaro atom energetikasi agentligi vaziyat keskinlashmasligi uchun tomonlarni «maksimal harbiy vazminlik»ka chaqirdi. Mutaxassislar fikricha, bu kabi hujumlar yadroviy xavfsizlik nuqtayi nazaridan jiddiy tahdid tug‘dirishi mumkin.

Hujumlar oqibatida Dimona va Arad shaharlaridagi ko‘plab turar joy binolariga zarar yetgan. Ayrim uylar vayron bo‘lgan, infratuzilma obyektlariga ham jiddiy shikast yetgani xabar qilinmoqda.

Times of Israel ma’lumotiga ko‘ra, Isroil mudofaa armiyasi Eron tomonidan uchirilgan ikki raketa nega urib tushirilmaganini aniqlash yuzasidan maxsus tekshiruv boshlagan. Harbiy mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday turdagi raketalar odatda yuzlab kilogramm portlovchi moddaga ega bo‘lib, katta vayronagarchilik keltirib chiqaradi.

Shuningdek, Isroilning frontorti qo‘mondonligi ham hodisa yuzasidan alohida tekshiruv o‘tkazmoqda. Unda o‘nlab insonlar jarohatlangani va katta miqdorda moddiy zarar yetkazilgani o‘rganilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, shanba kuni tongdan buyon Eron Isroil hududiga kamida sakkiz marta raketa zarbasini amalga oshirgan. Bu esa vaziyatning keskinlashib borayotganini ko‘rsatadi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa ushbu hujumlarga javoban qat’iy pozitsiya bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat dushmanga qarshi barcha frontlarda kuchli va tizimli zarbalar berishda davom etadi. Shu bilan birga, u shanba oqshomini Isroil kelajagi uchun olib borilayotgan kampaniyadagi eng og‘ir va sinovli kechalardan biri sifatida baholadi.

Hozircha vaziyat yuqori darajada tarang bo‘lib qolmoqda. Muttaxassislar bu mojaro yanada kengayib ketmasligi uchun diplomatik yo‘llar orqali yechim topish muhimligini ta’kidlashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?