date

NASA Artemis-II ekipaji Oy atrofida tarixiy parvozga chiqadi

NASA Artemis-II ekipaji Oy atrofida tarixiy parvozga chiqadi

NASA Artemis-II missiyasi 1 aprel kuni start olishi eʼlon qilindi. Ertagayoq Orion kemasi to‘rt nafar astronavt bilan Oyga yo‘l oladi, uni aylanib, so‘ng Yerga qaytadi. Kosmik agentlik YouTube kanali orqali mazkur tarixiy sayohatni jonli efirda namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Parvoz Space Launch System gigant raketa-tashuvchisi orqali amalga oshiriladi. Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra qulay ob-havo ehtimoli 80 foizga yetadi, shuning uchun mutaxassislar ham hayajonli va optimistik kayfiyatda. Parvozning zaxira sanasi 2 aprelga belgilangan.

Ekipaj tarkibiga NASA astronavtlari Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kox hamda Kanada kosmik agentligidan Jeremi Xansen kirdi. Agar start o‘z vaqtida amalga oshsa, 6 aprel kuni kema Oyga yaqinlashadi va uning orqa tomonidan taxminan 6,6 ming kilometr masofani bosib o‘tadi. Ular 10 aprel kuni Yerga qaytishi rejalashtirilgan.

Missiya 9 kun va bir soat davom etadi, umumiy masofa esa taxminan 1,1 million kilometrni tashkil etadi. Astronavtlar tabiiy yo‘ldosh yonidan uchib o‘tish paytida uning baʼzi hududlarini yaqindan ko‘rgan ilk insonlar bo‘ladi. Kunning katta qismini ular fotosuratga olish, videoga olish va kuzatuvlarni qayd etishga bag‘ishlaydi.

Ushbu missiya 2028 yilda odamlarni Oyga qo‘ndirish uchun tayyorgarlik va muhim bosqich hisoblanadi, shu bois u fan, texnologiya va inson sayohati uchun yangi tarixiy marra bo‘lib xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » NASA Artemis-II ekipaji Oy atrofida tarixiy parvozga chiqadi