Dam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Dam olish kunlari O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarda momaqaldiroq ham kutilmoqda.
  • Toshkent viloyatida ham 25 sentyabr kuni kunduzning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
  • Umuman olganda, mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq havo harorati asta-sekin pasayib boradi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘lishi, ayrim paytlarda esa bulutlilik o‘zgarib turishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

25 sentyabr kuni kunduzi va 26 sentyabrga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li joylarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli ham bor.

Bugun, 25 sentyabr kuni Toshkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud.

Umuman olganda, dam olish kunlari mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq tog‘li va ayrim vodiy hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.

Havo haroratining asta-sekin pasayishi davom etadi. Harorat bugun kunduzi 26-30 darajani tashkil etadi, janubiy hududlarda 31-33 darajagacha bo‘ladi, joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari asta-sekin 22-25 darajagacha, janubda 27-30 darajagacha pasayadi. Havo harorati kechalari 9-14 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 26-27 sentyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat asosan kechalari 11-14 daraja, kunduzi 25 sentyabrda 26-28 daraja bo‘ladi, dam olish kunlari asta-sekin 23-25 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar