To‘yda qo‘chqorning tuyog‘iga paypoq kiydirildi: ammo boshqa bir jihat ko‘pchilikni hayron qoldirdi

1 daqiqa o'qish350
To‘yda qo‘chqorning tuyog‘iga paypoq kiydirildi: ammo boshqa bir jihat ko‘pchilikni hayron qoldirdi

O‘zbek to‘ylaridan birida kuyov jo‘ralarning noodatiy hazili ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. Videoda bir guruh kuyov navkarlar dasturxon yozilgan xonaga katta qora qo‘chqorni yetaklab kirgani ko‘rinadi.

Ammo mehmonlarning e’tiborini eng ko‘p tortgan jihat boshqa edi — qo‘chqorning tuyoqlariga paypoq kiydirilgan.

Videoda kuyov navkarlar qo‘chqorni xonaga olib kirayotgani aks etgan. Qizig‘i, hayvonning tuyoqlari gilamni iflos qilmasligi uchun ularga paypoq kiydirilgan.

Biroq shu paytda ayrim mehmonlar va kuyov navkarlarning o‘zlari gilam ustida tufli hamda krossovkalarda yurgani ko‘rinadi.

Aynan mana shu tafsilot ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar orasida videodagi holat yuzasidan hazilomuz fikrlar ham bildirildi. Ayrimlar qo‘chqorning tuyog‘i uchun paypoq o‘ylanganiga e’tibor qaratgan bo‘lsa, boshqalar gilam ustida ko‘cha poyabzalida yurilganini muhokama qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?