Isroil e’lon qildi: Eron razvedka rahbari Majid Hodemiy yo‘q qilindi

Isroil mudofaa vaziri Israel Kac e’lon qilganidek, Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusining (IIQK) razvedka bo‘limi rahbari Majid Hodemiy yo‘q qilingan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra: “Eron rahbarlari o‘zlarini doimiy ravishda nishon sifatida his qilishi kerak. Isroil ularni birma-bir topishda davom etadi”.
IIQK ham Hodemiyning halok bo‘lganini tasdiqladi. Eronning Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, u 6 aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan “terroristik hujum” oqibatida vafot etgan.
Majid Hodemiy 2025 yil iyun oyida ushbu lavozimga tayinlangan edi. Unga qadar razvedka bo‘limining rahbari Muhammad Kozemiy ham Isroil zarbalarida halok bo‘lgan.
Shuningdek, so‘nggi oylar davomida Eronning bir nechta yuqori martabali amaldorlari ham yo‘q qilingan, bu esa mintaqada taranglikni oshirib yuborgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!