Yaqin Sharqdagi urush tufayli Sudanda aholi xavfli manbalardan suv iste’mol qilishga majbur bo‘lib qoldi

1 daqiqa o'qish677
Yaqin Sharqdagi urush tufayli Sudanda aholi xavfli manbalardan suv iste’mol qilishga majbur bo‘lib qoldi

Yaqin Sharqdagi davom etayotgan ziddiyatlar global bozorlar va logistika tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, Sudanda ichimlik suvi yetishmovchiligini yanada keskinlashtirdi. Mutaxassislar bu holatni mamlakatdagi energiya va yoqilg‘i narxlari bilan bog‘lamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sudanda suv ta’minoti asosan yer osti suvlarini nasoslar yordamida chiqarishga tayanadi. Ushbu jarayon esa dizel yoqilg‘isida ishlaydigan generatorlar orqali amalga oshiriladi. Yoqilg‘i narxlarining oshishi esa bevosita suv ta’minoti xarajatlarini ham ko‘paytirgan.

Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi cheklovlar fonida yoqilg‘i yetkazib berishdagi qiyinchiliklar kuchayib, natijada ichimlik suvi narxi qariyb 30 foizga qimmatlashgan. Ayni paytda kuchli jazirama mavsumi aholi ehtiyojini yanada oshirmoqda.

Mutaxassislar ogohlantirishicha, ko‘plab oilalar toza ichimlik suvini sotib olish imkoniyatidan mahrum bo‘lib, majburan sifatsiz yoki xavfli manbalardan foydalanishga o‘tmoqda. Bu esa turli yuqumli kasalliklar tarqalish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?